24.11.2016    09:19    15295

2016-2017 o'quv yiliga mo'ljallangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini yanada rivojlantirish bo'yicha istiqbolli tadbirlar rejasidagi vazifalarni amalga oshirish va universitet bitiruvchilarini ushbu idoralar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda iqtidorli bitiruvchilarni ishga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan “Bitiruvchilar soati”da Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “Xalqaro hamkorlik markazi” AJ xodimlar bo'yicha ish yurituvchi inspektori Latipova Nafisa Nailevna, “Uzsanoateksport” AJ xodimlar bilan ishlash xizmati boshlig'i (nachalnik slujb po upravleniyu personalom) va Davlat soliq qo'mitasi Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi bosh mutaxassislari N.A.Alimova, N.Saidova, N.Djamilovalar tomonidan vazirlik va qo'mita faoliyati, tarkibi, kadrlarni shakllantirish tartibi hamda ularga qo'yiladigan asosiy talablar borasida ma'ruza o'qildi.

Mazkur uchrashuv amaliyotdan keltirilgan misollar bilan yoritib berilganligi talabalarning bu boradagi tasavvurlari va ko'nikmalarini yanada boyitdi.

Uchrashuv yakunlariga ko'ra talabalar O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi bilan bog'lik turli masalalar bo'yicha fikr va mulohazalar almashdilar.