25.11.2015    16:31    17303

2015 yilning 25 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafoloti” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Mazkur tadbir O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda siyosiy partiyalar fraktsiyalari a'zolari, huquqshunos olimlar, siyosatshunoslar, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirda ishtirokchilar Konstitutsiya mamlakat parlamentarizmining huquqiy asosi ekanligi, Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar – eng oliy qadriyat sanalishi, amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar va ularning mamlakatda jamiyat va davlat qurilishini yanada damokratlashtirishdagi ahamiyati xususida to'xtalib o'tdilar.