20.11.2016    18:08    13803

17 noyabr kuni barcha fakultet 1 kurslari o'rtasida hamda JIDU qoshidagi Akademik litsey jamoasi ishtirokida KVN festivali o'tkazildi.

Har bir jamoa o'zining qiziqarli xazil-mutoibalari, aktyorlik mahorati va bilimdonligini namoyish etdi. Birinchi o'rinni “XIM” fakultetining “Diplomafiya” jamoasi, ikkinchi o'rinni – “Xalqaro huquq” fakultetining “Real XH” jamoasi, uchinchi o'rinni – “Xalqaro munosabatlar” fakultetining “Admiral” jamoasi qo'lga kiritdi.

Festivalda JIDU qoshidagi Akademik litseyining “Diplonova” jamoasi debyutant sifatida 4 o'ringa ega bo'ldi. KVNga “Like” jamoasi vakillari Sherzod Axmetov, Denis Roman va Xumoyun Xoshimiylar tashrif buyurdi.