20.11.2016    18:03    14066

JIDU haftaligining yorqin va pozitiv kuni

16 noyabr kuni “Global perspective” tahliliy klubining yig'ilishi o'tkazildi. Ishtirok etgan talabalar “Nuclear Weapons as a factor of stability” mavzusida o'zlarining ma'ruzalari bilan ishtirok etdi. Yig'ilish yakunida talabalarga sertifikatlar berildi.

“Diplomat” teatr-studiyasi tomonidan ingliz tilida Aleksandr Pushkinning “Yevgeniy Onegin” asari bo'yicha spektakl sahnalishtirildi. Ushbu jozibali postanovka truppaga rahbarlik qilgan “Ingliz tili” kafedrasi o'qituvchisi N.Toshpulatova tomonidan tashkil etildi. Spektaklda ishtirok etgan barcha talabalarga fahriy yorliqlar berildi.

Universitetning barcha fakultetlari orasida hamda JIDU qoshidagi Akademik litseyi terma jamoasi ishtirokida sport musobaqalari o'tkazildi. G'oliblikni litsey o'quvchilari qo'lga kiritdi. Ular “Kamolot” YoIH tomonidan fahriy yorliq va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.