15.11.2016    09:08    13148

14 noyabr kuni ana'naga ko'ra JIDU Haftaligi o'z ishini boshladi. Ochilish marosimida universitet rektori A.Djumanov ishtirok etdi.

 Haftalikning birinchi kunida talaba-qizlar orasida “JIDU malikasi” ko'rik-tanlovi o'tkazildi. Ushbu tadbirda dizayner Sevara Asamovaning “KOMO” brendi ostidagi “Oq oltin” va “Bodom” deb nomlangan kolleksiyalari namoyish etildi.

 “JIDU malikasi” ko'rik-tanlovida “XM” fakulteti 2 kurs talabasi Krutova Yekaterina g'olib deb topildi.