21.11.2016    16:18    14952

JIDUda 2016 yil 18 noyabr kuni “Hozirgi zamon xalqaro munosabatlarining dolzarb masalalari: siyosat, iqtisodiyot va huquq” mavzuidagi yosh olimlarning V respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi. Anjumanda JIDU Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat moliya instituti kabi respublika oliy o'quv yurtlaridan yosh olimlar ishtirok etishdi. Mazkur anjumanda xalqaro munosabatlar doirasigi iqtisodiy, siyosiy va xuquqiy yo'nalishlardagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.