17.11.2016    09:13    14292

2016 yilning 16 noyabr kuni Universitetning barcha fakultetlarida tahsil oluvchi IV-V kurs talabalariga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining huquqiy asoslarini o'rganish yuzasidan tayyorlangan 4 soatlik maxsus kursi o'zbek va rus tillarda tashkil etildi. Ma'ruzani Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professori Jo'raev Q.A. o'qidi.

Mashg'ulotlar interfaol metodlarni qo'llagan holda olib borildi. Talabalarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tarixi va uning huquqiy asoslari haqida ma'lumot berildi. Bu sohada ilg'or demokratik xorijiy davlatlarning malakasi tahlil qilindi.

Ma'ruzalar “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish” bo'yicha o'tkaziladigan tadbirlar dasturi” ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.