16.11.2015    17:30    17381

2015-yilning 16-noyabr kuni Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida Xalqaro Birdamlik Kuni keng miqyosda nishonlandi. Mazkur tadbir universitet xotin-qizlar qo'mitasi tashabbusi bilan, shuningdek, "Lider qizlar" va "O'zingni angla" klublari ko'magida amalga oshirildi. Tadbir mehmoni O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, V.Uspenskiy nomidagi ixtisoslashtirilgan litsey direktori Dildora Jamalova Vaxabovna bo'ldilar. Uchrashuv "Musiqa barchani birlashtiradi" shiori ostida bo'lib o'tdi.