11.11.2016    18:22    14900

2016 yil 10 noyabr kuni universitet talabalari o'rtasida “Odam savdosiga qarshi kurash olib borish” mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Suhbatga Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi xodimi Axmatov Azim Baxronqulovich taklif etildi. 

A. Axmatov bugungi kunda dunyo bo'ylab odam savdosining keng tarqalishi inson shaxsi, sha'ni, qadr-qimmati, shaxsiy huquq va erkinliklariga jiddiy tahdid solayotganiga e'tibor qaratdi. Keyingi yillarda odam savdosi tufayli yuzaga kelayotgan global xavf-hatarlar, jinoyatga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'lamiga to'htalib o'tdi. Shu tariqa, O'zbekiston Respublikasida “Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonun va Respublika Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 911-sonli Qarori mamlakatimizda ushbu jinoyatga qarshi kurashishning milliy qonunchilik asoslarini yaratib berganiga o'rg'u berdi.

Uchrashuv davomida talabalar so'zga chiqib o'z fikrlarini bildirdi va o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi. Shu bilan birga bunday uchrashuvlar tez-tez o'tkazilib turilishi maqsadga muvofiqligini ham ta'kidlab o'tildi.

 Tadbir so'nggida talabalarga “Adashganlar qismati” nomli xujjatli filmi namoyish etildi va “Adashmang, to'g'ri yo'lni tanlang” nomli 30 dona plakatlar tarqatildi.