10.11.2016    14:58    14789

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 1 - 4 noyabr kunlari mobaynida “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakultetining barcha kurs talabalari uchun chet el ilmiy adabiyotlarining ma’lumotlar bazasi va resurslaridan foydalanish bo`yicha seminar-treninglar o`tkazildi.

O`tkazilgan treninglar va amaliy mashg`ulotlarning asosiy maqsadi chet el ilmiy adabiyotlarining elektron resurslarini professor o`qtuvchilar va studentlar orasida ommalashtirishdir.

Amaliy mashg`ulotlarda fakultet dekani M. Xamdamov, axborot resurs markazi direktori I. Klimitenko, dasturchi D. Gridinlar studentlarga EBSCO Host, Oxford Journals, OECD-iLibrary, DOAJ, Springer Open, JIDUning elektron kutubxonasi va boshqa resurslar bilan ishlash tartibi haqida tushuntirib o`tishdi.

EBSCO seminar

Seminar-treninglar yakunida talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Talabalarning fikricha, ushbu turdagi tadbirlar ularning o`qishiga va ilmiy ishlariga yordam ko`rsatadi.