03.11.2016    19:28    14704

YUNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi qoshidagi YUNESKO klubi doirasida  “Xalqaro huquq” fakultetining 4-kurs talabalari uchun intellektual viktorina tashkil etildi.

Viktorinada besh  jamoa a’zolari ishtirok etishdi. Hakamlar hay’ati sifatida kafedra mudiri A.Mo‘minov, dekan muovini F.Tashev, YUNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi o‘qituvchilari F.Hamdamova, U.Yakubxodjayev va S.Usmanovalar ishtirok etishdi.

Viktorina to‘rt bosqichda bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqichda savollar BMT tarixi, hozirgi davrdagi BMT va uning maxsus tashkilotlari faoliyati borasida, BMT bosh kotiblari, shuningdek, BMTning a’zo mamlakatlari bo’yicha berildi.

Ikkinchi bosqich BMT ramzlari va belgilariga, uchinchi bosqich jamoa sardorlari bellashuvi- BMT Nizomiga bag‘ishlandi.

To‘rtinchi bosqichda  BMT va  O‘zbekiston hamkorligi bilan bog‘liq bo‘lgan savollar berildi. Xususan, savollar BMTning 48 va 50-sessiyalarida O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar xususida, BMT Bosh kotibining O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashriflari, O‘zbekiston hammualliflik qilgan BMT hujjatlari, BMT Rivojlanish dasturining O‘zbekistondagi faoliyati haqida bo‘ldi.

Viktorina natijasiga ko‘ra, birinchi o‘rinni 1-4a-2013 guruhi jamoasi egalladi, ikkinchi o‘rinni-1-5a-2013 guruhi jamoasi, uchinchi o‘rinni-1-3a-2013 guruhi jamoasi egallashdi. Ishtirokchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Tadbir juda qiziqarli va ma’lumotlarga boy bo‘ldi va ijodiy ruhda o‘tdi. Ta’kidlash joizki, talabalar BMT va uning faoliyatiga nisbatan chuqur bilim va yuqori darajadagi qiziqishlarini namoyon etishdi.