28.10.2016    09:47    15079

2016 yil 26 oktabr kuni Murabbiylik soatida barcha akademik guruhlarda “Yo'l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish” mavzusida suhbat o'tkazildi. Mazkur suhbat “O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Respublika yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash komissiyasi raisining o'rinbosari B.Zokirovning 2016 yil 5 oktyabrdagi 05/13-1-sonli topshirig'i ijrosini oliy ta'lim muassasalarida amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar Dasturi” ijorisini amalda qo'llashga bag'ishlandi. Suhbatda shaxsiy avtomobilida o'qishga kelayotgan talabalarni yo'l harakati qoidalariga qat'iyan roiya qilish kerakligi, yo'l transpor hodisalariga duch kelmaslik, yo'llarda doimo yo'lovchilarga nisbatan ehtiyotkorlik choralarini ko'rishi, sfetoforlarda piyodalarga yo'l berishi, avtomobilini doimo sozlangan holatda tutishi, mashina haydashga tegishli bo'lgan kasb malakalariga ega bo'lishlariga e'tibor qaratildi. Suhbat so'ngida yo'l harakatini buzayotgan haydovchi va piyodalar xaqida videorolik namoyish etildi. Mavzu talabalar davrasida katta qiziqish uyg'otdi va qizg'in muhokama etildi.