28.10.2016    09:38    14911

2016 yil 26 oktabr kuni murabbiylik soatida “OIV infeksiyasiga qarshi kurash olib borish” mavzusida suhbat o'tkazildi. Mazkur suhbatga Respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti tashkiliy-uslubiy bo'lim boshlig'i A.Shirinova, vrach-terapevtlar M.Ismoilxodjaeva va S.Mullaevalar tashrif buyurdi. Mavzu doirasida sog'lom turmush tarzi qoidalari, OIV infeksiyasining tarqalish yo'llari va uni oldini olish masalalariga batafsil to'xtalib o'tildi. Mavzuga oid taqdimot va videorolik taqdim etildi. Talabalarning muhokama mavzusi bo'yicha bilim darajalarini aniqlash maqsadida so'rov o'tkazildi. Suhbatda “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 1 kurs talabalari va murabbiylar ishtirok etdi.