26.10.2016    15:03    15050

26-oktabr kuni JIDUda o’zbek domenining ijtimoiy elektron tarmog’i davra.uz taqdimoti bo’lib o’tdi. O’z mahsulotlarini sayt asoschilari Olimjon Baxtiyev va Malika Mirtoirovalar taqdim etishdi. Talabalar bilan bo’lib o’tgan uchrashuv mobaynida mehmonlar tarmoqning maqsad va vazifalari bilan tanishtirib, chet el ijtimoiy tarmoqlari tomonidan amalga oshirilayotgan axborot xurujlarining natijalarini tushuntirib o’tishdi. Vatanimizning mustaqillik yillari davomida erishgan yutuqlarini keng ommaga tarqatishda ijtimoiy tarmoqlarning o’rni haqida alohida to’xtalib o’tishdi. Uchrashuvda talabalar faol qatnashib, davra.uz saytida ro’yxatdan o’tishdi.