22.10.2016    16:03    15030

2016-yilning 17-22-oktabr kunlari «Erasmus+ Key Action 1 International Credit Mobility» loyihasi doirasida Lund universiteti (Shvesiya) vakillari: Matias Beyer (Matthias Baier) - “Huquq sotsiologiyasi” departamenti boshlig‘i, hamda huquq sotsiologiyasi doktorant-tadqiqotchilari Izabel Shuls (Isabel Schoultz) va Rustamjon Urinboev (Rustamjon Urinboyev) tashrif buyurdilar.

Ushbu tashrif davomida, JIDU “Xalqaro huquq” fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Universitetimiz mehmonlari dunyo amaliyotida huquq sotsiologiyasi sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lganligi tufayli universitet talabalari huquq sotsiologiyasining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari borasidagi bilimlarini oshirishga sazovor bo‘ldilar. Ushbu ma’ruza va tanlangan mavzu talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Universitetlar o‘rtasida o‘rnatilgan rasmiy aloqalar va akademik hamkorlik munosabati bilan,  mehmonlar kelgusidagi hamkorlikni davom ettirish istagida ekanliklarini va bundan mamnunliklarini bildirdilar.