13.10.2016    17:11    14844

2016 yil 12 oktabr kuni murabbiylik soatida “Talaba-yoshlar o'rtasida diniy ekstremizm va giyohvandlikga qarshi kurash olib borish” mavzusida uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvga O'zbekiston Respublikasi IIB podpolkovnigi J.S.Muxtarov va mayor D..E.Karimovalar tashrif buyurdi. Tashrif burgan mehmonlar diniy ekstremizmning tarixiy paydo bo'lishi, uni bugungi kunda yoyilib ketishini ta'kidlab o'tildi. Dinni niqob qilib olgan kimsalar o'zining g'araz niyatlarini amalga oshirib kelayotgan bir paytda doimo ogoh bo'lib yashash kerakligiga e'tibor qaratildi. Bundan tashqari giyohvandlik illatiga e'tibor qaratildi va yoshlarda unga bo'lgan qiziqish ortib borayotganini ta'kidlab o'tildi. Giyohvandlikga qarshi kurash olib borishda uni oldini olish choralariga batafsil to'xtaldi, profilaktik ishlari olib borish kerakligiga e'tibor qaratdi. Mavzu yuzasidan taqdimot namoyishi bo'lib o'tdi.

Mazkur mavzu talabalar tomonidan qizg'in muhokama etildi. Uchrashuvda Xalqaro huquq fakulteti 2 kurs talabalari va murabbiylar ishtirok etdi.