11.10.2016    11:26    15136

JIDU boshqaruv instituti 2016 yil 19-24 sentyabr kunlari Buxoro shahrida Buxoro viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi tuman bo'linmalarining bosh buxgalterlari va menejerlari uchun malaka oshirish kurslari o'tkazdi.

“Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya kursi, soliq va ish yuritish” o'quv kursida sog'liqni saqlash tuman bo'linmalarining 75 muassasasi vakillari tinglovchi sifatida ishtirok etdilar.

Ma'ruzalarda kompyuter o'quv taqdimotlari, ta'limning va xodimlarni boshqarishning interaktiv metodlaridan unumli foydalanildi. Ta'lim jadvalining xilma-xilligi va berilayotgan axborotning katta hajmda ekanligi bois tinglovchilar o'zlarining kasbiy faoliyatlariga doir barcha zarur bilimlarga ega bo'ldilar.

O'quv jarayoni davomida tinglovchilar ko'plab savollar berdilar va ularga o'zlarini qoniqtirgan javoblarni oldilar.