05.10.2016    08:32    15169

4-oktabrda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) joylashgan Tarjimonlarni tayyorlash markazi (TTM) talabalari yana bir bor Tarjimonlar kunini nishonlashdi. Bu yil ushbu bayram Xalqaro tarjimonlar federatsiyasi chaqrig‘iga binoan “Tarjimonlar- dunyoni birlashishiga ko‘maklashuvchilar”  shiori ostida o‘tmoqda. TTM va JIDU ma’muriyati ushbu bayram tadbirini o‘tkazish borasida keng ko‘lamli ishlarni olib borishdi. Tadbirga Toshkent shahridagi xalqaro tashkilotlar, o‘ndan ziyod universitetlarning talaba va o‘qituvchilari, shuningdek professional tarjimonlar taklif etildi.

JIDU rektori A. Djumanov o‘zining tabrik nutqida mamlakatimizda tarjimonlarni samarali tayyorlash  ehtiyoji o‘sib borayotganini ta’kidlab o‘tdi. “Sinxron tarjimonlarga bo‘lgan ehtiyoj o‘sib bormoqda”  deya ta’kidladi u. “Bu hayratlanarli emas, negaki O‘zbekiston jahonda o‘zining sezilarli o‘ringa ega bo‘lib bo‘ldi. Tarjimonlar ham, elchilar, siyosatshunoslar, sportchilar va boshqa soha vakillari kabi mamlakatimizning o‘sib borayotgan nufuzini shaklantirishda o‘z xissalarini qo‘shmoqdalar ”.

Britaniya kengashi direktori o‘rinbosari Jamila Gulyamova xalqaro munosabatlar rivojining bugungi bosqichida tarjimonlarni tayyorlashning zaruratini e’tirof etdi. U shuningdek JIDUning Toshkent shahridagi universitetlarni yaqinlashtirish, ular bilan tajriba almashish va bugungiday tadbirlarni birgalikda o‘tkazishga bo‘lgan intilishi davom etadi deya umid qildi.

Sahnaga chiqgan TTMning oldingi yillardagi bitiruvchilari o‘qish jarayonida olingan bilimlarning mehnatda va muvafaqqiyatga erishishda qanday asqotishi haqida so‘zlashdi.

JIDU TTM boshqaruvchisi professor B. Samadov barcha talabalarni xorijiy tillarni nafaqat o‘rganish va uni mukammallashtirishga, balki yozma va og‘zaki tarjima san’atini egallshga chorladi. “Haqiqatdan ham, tarjimonlar turli millat va elat vakillarini birlashtirishga ko‘maklashadilar” deya ta’kidladi u.

Antiqa tarzda bezatilgan anjumanlar zalida mehmonlarga JIDU va Toshkentning boshqa universitetlari talabalari o‘zlarining iste’dodlarini namoyon etadigan rangbarang dasturlar namoyish etildi. Konsertning eng e’tiborli jihati JIDUning Rok-Ambassador ansambli chiqishi bo‘ldi. Tadbir so‘nggida qatnashchilar JIDU tarjimonlarining madhiyasi bo‘lmish Bobil minorasi qo‘shig‘ini kuylashdi. TTM odatiga ko‘ra tadbir ingliz tilida olib borildi.