04.10.2016    17:18    14987

29- sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlangan, “Sog’lom ona va bola” yili davlat dasturi doirasida “Baraqaror taraqqiyot ta’minotida ayolning o’rni” mavzusida Toshkent shahridagi yetakchi oliygoh vakillari ishtirokida ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi. Seminarda Sultanova E’tibor Siddiqovna – Ona va bola manfaatlari himoyasi- mustaqil O’zbekistonning strategik vazifasi; Inamjonova Gulnora Soataliyevna – Sog’lom ona va bola tarbiyasini ta’minlashning huquqiy asoslari; Tashpo’latova Laylo Maratovna - Xotin-qizlar huquqlarini ta’minlashda BMTning o’rni; Yunusxodjayeva Muborek Yuldashevna - O’zbek ayoli timsoli tarixiy rakursda; Djurayeva Nilufar Dalibayevna - Oliy ta’lim muassasalarining talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashdagi o’rni; Abdukadirova Lola Kabulovna - Yoshlarning tibbiy madaniyatini shakllantirishda sog’lom turmush tarzining roli; Shakirjanova Klara Tashkenbayevna - Jismoniy tarbiya va sportning barqaror taraqqiyot maqsadida tinchliksevar jamiyatni shakllantirishdagi roli kabi mavzularda ma’ruza o’qidi.

Konferensiya yakunida ushbu seminardan olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar oliy ta’lim tizimining o’quv-tarbiyaviy jarayonlarda ilgari surilishi to'g'risida fikr va xulosaga kelindi.