27.09.2016    19:15    15554

Jahon iqtisodiyodi va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti  talabalarining universitet rahbariyati vakillari ishtirokida amaldagi 3-toifali Rossiya federatsiyasi davlat maslahatchisi, Rossiya intellektual mulk huquqi davlat akademiyasi rektori, yuridik fanlari doktori, professor Bliznets Ivan Anatolyevich bilan suhbat bo’lib o’tdi

Suhbat davomida Ivan Anatolyevich intellektual mulk huquqining paydo bo’lishi, rivojlanishi va uning o’rni haqida batafsil ma’lumot keltirib o’tdi va ushbu yo’nalishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritdi. Shuningdek, mehmon Rossiya intellektual mulk huquqi davlat akademiyasi faoliyati haqida so’zlab berdi va o’z o’rnida talaba va ustozlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.                             

So’ng Bliznets I. A. va JIDU rektori Djumanov A. A.ning uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ushbu iliq va samimiy suhbat davomida tamonlar ikki o’quv dargohlari o’rtasida tuziladigan hamkorlik shartnomasi haqida ta’kidlab o’tishdi. Uning samarasi o’laroq intellektual mulk huquqi masalalarini chuqurroq o’rganish va to’plangan bilimlarni amaliyotda samarali qo’llash bo’lishi kutilmoqda.