14.11.2015    16:56    19719

Joriy yilning 14 noyabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag‘ishlab Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda “Konstitutsiya va inson huquqlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Uni, Markaz direktori, yu.f.d., professor A.X.Saidov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shundan so‘ng, tadbirda so‘zga chiqqan Markaz xodimlari va JIDU talabalari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyatimiz hayotidagi ahamiyati, xususan, unda kafolatlab qo‘yilgan inson va fuqaroning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari hamda ularni himoya qilishning milliy tizimi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni himoya qilishda ta’limning ahamiyati, mamlakatimizda shakllangan inson huquqlari ta’limi va uni rivojlantirishda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va oliy o‘quv muassasalari, xususan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti oldida turgan vazifalar xususida o‘zaro fikr almashildi.

Tadbirda inson huquqlari sohasida Markaz tomonidan nashr qilingan ilmiy va o‘quv adabiyotlari talabalarga taqdim etildi va talabalarning Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishuvi amalga oshirildi. Mazkur tadbir, talabalarga “Inson huquqlari” fani bo‘yicha olgan bilimlarini yanada mustahkamlashga, amaliyot masalalari bilan yaqindan tanishishga hamda ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam berdi.