26.09.2016    17:09    16006

2016 yil 24 sentabr kuni Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo'yicha, “Sog'lom ona va bola yili” davlat dasturi doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti murabbiylari va talabalari tomonidan “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyiga tashrif buyurildi.

Muzeydan joy olgan eksponatlar O'zbekistonda sportni rivojlantirishga, aholini, ayniqsa, yoshlarni, sport va jismoniy tarbiyaga jalb etishga qaratilgan shart-sharoitlar, olimpiya sport o'yinlari solnomalariga bag'ishlandi.

Namoyish etilgan ko'rgazmalar qatorida muzeyning markaziy zalidan o'rin olgan maxsus ekponatlar diqqat-e'tiborni tortdi. Ayniqsa, Rio-de-Janeyro shahrida o'tkazilgan olimpiya o'yinlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan chempionlarning yutug'lari, shuningdek, paraolimpiya chempionlarining medallari murabbiylar va talabalarda katta taasurot qoldirdi.

Ekskursiya yakunida Rio-de-Janeyroda o'tkazilgan XXIII olimpiya o'yinlariga bag'ishlangan videofilm namoyish etildi. Mazkur tashrif barcha murabbiylar va talabalarda mamlakatimizning yosh sportchilariga hamda faxrimiz bo'lgan olimpiya chempionlariga nisbatan milliy g'urur va iftifor hissi yanada ortdi.