03.09.2016    16:16    16402

Joriy yilning 2 va 3 sentyabr kunlari Nagoya universitetidan tashrif buyurgan bir guruh yaponiyalik talabalar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi muzokaralar Laboratoriyasiga tashrif buyurdilar. Ular JIDU talabalari bilan birgalikda muzokaralarda o’yinlar nazariyasining qo’llanilishi va resurslar tanqisligi sharoitida inson axloqi strategiyasi va hamjihatlikda qaror qabul qilishga oid treninglarda ishtirok etdilar.