04.09.2016    15:17    19276

2016 yil 4 sentyabr kuni soat 9:00da Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining birinchi binosida joylashgan faollar zalida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darsi” bo‘lib o‘tdi. “Xotira darsi”ni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori A.A. Djumanov ochib berdi. Universitet rektori kirish so‘zidan keyin barcha ishtirokchilardan Prezidentimiz xotirasini yod etib 1 daqiqa sukut saqlashni iltimos qildi. Bir daqiqalik sukutdan so‘ng nutqini davom ettirar ekan Prezident I.A.Karimovning tarjimai holiga qisqacha to‘xtalib o‘tdilar. So‘ng prezidentimizning davlat mustaqilligi, yurt ravnaqi, milliy istiqlol uchun xizmat qilishi uchun yaratgan ilmiy asarlari haqida to‘xtaldilar. Istiqloldan avvalgi va mustaqillik yillaridagi qator sohalardagi ijobiy o‘zgarishlarni raqamli ko‘rsatkichlarda e'tirof etdilar. So‘ng talabalik baxtiga musharraf bo‘lgan yoshlarga kelgusi o‘qishlarida omad tilab, keyingi so‘z navbatini Tashqi ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i M.Aslanovga berdilar. M.Aslanov ham O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning olib borgan siyosati haqida gapirar ekan, talaba yoshlar zimmasiga endilikda katta mas'uliyat tushayotganini aytib, JIDU talabalari izlanuvchan va intiluvchan bo‘lishlari lozimligini, dunyo mamlakatlari oldida O‘zbekistonning nufuzini yanada ko‘proq oshirishga harakat qilishlari lozimligini uqtirdi. Keyingi so‘z navbatini JIDU Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi professorlari R.Farmonov va E.Sultonovalar oldilar. Ular ham mamlakatdagi siyosiy-iqtisodiy o‘sishlar, bu borada Prezident tomonidan amalga oshirilgan ulkan ishlar haqida gapirar ekan, bugungi va ertangi kun endi iqtidorli va shijoatkor yoshlar qo‘lida ekanligini, shuning uchun tinmay o‘qish va izlanish lozimligini uqtirib o‘tdilar va kelgusi o‘qish jarayonlarida omad tiladilar.

         Universitet  rektori, mehmonlar  va  professor- domlalar nutqidan so‘ng talabalarga “Ertangi kun bizniki, marra  bizniki” deb nomlangan videofilm namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu film talabalarda katta taassurot qoldirdi.