16.03.2020 731

2020-yil 14-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Innovatsion salohiyat mamlakatning xalqaro investitsion faolligini rivojlantirish omili sifatida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

Unda vazirlik va idoralarning mutaxassislari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning vakillari, ilmiy markazlar mutaxassislari, tadqiqotchilar va oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Anjumanda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash, iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlariga erishish uchun loyihalarni amalga oshirishda tashkiliy-huquqiy masalalarni hal etishga qaratilgan ilmiy va uslubiy yondashuvlar muhokama qilindi.

Ushbu anjuman natijasida sifatida ishtirokchilarining ilmiy tezislari toʻplami nashr etildi.