03.09.2016    11:03    16370

2016 yil 11 iyuldan 15 iyulgacha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetning Boshqaruv instituti tomonidan Qashqadaryo viloyati Muborak gazni qayta ishlash zavodida malaka oshirish kurslari tashkillashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2 mart 2016 yildagi “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi  hokimiyat  organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”         62-sonli qaroriga muvofiq “Korporativ madaniyat va rasmiy munosabatlar etiketi” mavzusida interaktiv kurslari tashkil etildi.

30 nafar zavod sexi boshliqlari o‘z malakalarini oshirdilar.

O‘qitish interaktiv metod asosida, kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsiya ko‘rsatish xamda tarqatma materiallar bilan o‘tkazildi.

Tinglovchilar tomonidan bir qator savollar berildi, o‘z savollariga aniq javoblar oldilar.