30.08.2016    15:39    16637

30 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining qabullar zalida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan vazir Abdulaziz Komilov tomonidan o’zining fidokorona mehnati, yoshlarni vatanparvarlik ruhida va milliy istiqlol g'oyasi asosida tarbiyalashi, ilmiy izlanishlar olib borgani, jamiyatda o’zining iste’dodi va ijodi bilan hurmat qozongani, mustaqilligimizni mustahkamlashga o’z hissasini qo’shayotgani, milliy istiqlol g'oyasini rivojlatirgani, madaniyat, ilm, fan va jamoatchilik ishlarida faollik ko’rsatgani va ma’naviyatni tiklanishiga hissa qo’shgani uchun bir guruh namunali o'qituvchilar va xodimlar “O’zbekistion mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Esdalik nishonga sazovor bo’lgan o’qituvchi va xodimlar quyidagilar:

1. Muminova Patima Izzatullaevna - JIDU “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori.

2. Raxmatullaeva Galina Madraimovna - JIDU “O’zbek va rus tillari” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi.

3. Usmanova Azizaxon Abdullajonovna - JIDU “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi.

4. Abduraxmonova Mehribon Do’stmuratovna - JIDU “O’zbek va rus tilllari” kafedrasi dotsenti.

5. Borisova Yelena Viktorovna - JIDU “Ingliz tili” kafedrasi katta o’qituvchisi.

6. Zaytseva Tatyana Viktorovna – Tahririyat-nashriyot bo’limi boshlig’i.

Universitet rahbariyati, talabalar va jamoa a’zolari “O’zbekiston mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishoni bilan taqdirlangan o’qituvchi va xodimlarni chin qalbidan tabriklaydi va kelgusida ulkan ijodiy zafarlar tilab qoladi.