26.12.2019 2397

Joriy yilning oktyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda uch yilga moʻljallangan “Ish bilan taʼminlashda oliy taʼlimning ahamiyati” dasturi doirasida oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan loyihalar uchun tanlov eʼlon qilgan edi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti oʻz olyihasi bilan tanlovda ishtirok etib, gʻolib chiqdi. Dastur doirasida 2019-yilning 11-13-dekabr kunlari Toshkent shahrida Buyuk Britaniyaning Advance HE tashkiloti hamkorligida ilk seminar-trening oʻtkazildi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari ushbu saminar treningda ishtirok etib, universitetda taʼlim sifatini oshirishga oid yangi gʻoyalar bilan qaytdilar.