26.12.2019 2581

J. Balasagun nomidagi Qirg'iziston Milliy universitetida jurnalistlar xalqaro konferensiyasi dasturi doirasida uning ishtirokchilari Bishkekning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi. Respublika poytaxtining markazida Ala-Too maydoni joylashgan. Bu erda baland peshtoqda ulug'vor shaxs - qirg'iz xalq  dostoni ning qahramoni Manasning bronza haykali o'rnatilgan. Yaqinida, balandligi 45 metr bo'lgan bayroq ustunida Qirg'izistonning davlat bayrog'i ko'tarilib, shamolda hilpirlamoqda. Uning yaqin atrofda faxriy qorovul turadi va ba'zi yo'lovchilar ularning almashishi qanday o'tishini ko'rish uchun to'xtashadi.

Markaziy maydon atrofida tarixiy muzey, amaliy san'at muzeyi va boshqa muassasalar joylashgan. Maydonning narigi tomonida, magistral yo'l bo'yla “Manas» monumenti ro'parasida, Chingiz Aytmatov haykali o'rnatilпgan. «Ular bir-biriga qarshi turishadi va xuddi shu tarzda muloqotni davom ettirishadi, bu xalqimizning urf-odatlari va madaniyati davomiyligi to'g'risida muloqatdir",- biz bunday tushunamiz, deydi meni «gidim», Qirg'iz milliy universitetining 4-kurs talabasi Salamat Nurbek ulu. Barcha shahar aholisi, ayniqsa yoshlar o'zlarining ulug'vor qahramonlarining ushbu  yuksak ramzlarini hurmat va ehtirom bilan qabul qilishadi.

Manas - qirgʻiz xalqining xotirada mingyillik boy ogʻzaki ijodi tufayli saqlanib qolgan, Chingiz Aytmatov esa zamonaviy davrdagi o`z adabiy ijod va faoliyati tufayli butun dunyoda shuhrat va qadr-qimmatga ega boʻlgan.

M.V. Frunze nomidagi Qirg‘iziston davlat memorial Uy- muzeyi tarix va etnografiyaning boy va qiziqarli markazidir. 1925 yilda ochilgan ushbu muzey bo'limlari ko'plab hujjatlar, shahar tarixi, uning aholisi, maishiy buyumlar, kiyim-kechak va 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida muhojirl va mahalliyarning yashagan uylari namunalari, tarixiy ma'lumotlarni saqlab qoldi. Bu erda xalqning tarixi, davlatchilikning shakllanishi, iqtisodiyotning rivojlanishi, qirg'izlarning Ikkinchi Jahon urushidagi ishtiroki va zamonaviy hayot o`z aksini topdi.

M. Frunze, davlat va arbobi, 1885 yil 2-fevralda Bishkekda tug'ilgan (o'sha paytda Pishkek deb nomlangan), u ma'lumotga ega bo'lib, ushbu mintaqaning geografiyasini, etnografiyasini o'rganishni boshladi, uni otasi shifokor edi, ular mahalliy aholiga yordam berishardi, g'amxo'rlik  qilishardi. Muzey xodimlari   Mixail Frunze yashagan va o'sib-ulg'aygan sharoitlarini, xonalarni qayta tiqlashga va kundalik hayotning barcha xususiyatlarini va oila hayotini namoyon etishga haraqat qildilar. Arbobning o'limi 1925 yildan to 1991 yilgacha bu shahar Frunze deb nomlangan edi. Bular haqida bizga muzey gidy Nurjan Kenibaeva aytib berdi.  Bizning noyob eksponatlarimiz va tomi baland kulbasi ko`pchiligni qiziqtiradi, - deydi u. –Masalan, olis qishloqdan kelgan mehmonlardan biri biz qishloqda hali ham shunday tomli uy borligini aytdi.

Bishkekdagi muzeylar, ko'rgazma zallari xodimlari, gidlari har doim katta qiziqish bilan kelgan mehmonlarga shaharning tarixi, uning taniqli shaxslari haqida so'zlab berishadi va olimlar, tadqiqotchilarning familiyalarini berishadi, tarixning u yoki bu davrlarini, qirg'iz xalqi hayotining tomonlarini batafsil ochib beradigan kitoblarni tavsiya etishadi.

Fotima Mo'minova,
filologiya fanlari doktori, JIDU Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi professori