26.06.2016    11:10    18639

JIDUning Boshqaruv Institutida 237 kishi o'z malakasini oshirdi

2016 yilning yanvar-iyun oylarida JIDUning Boshqaruv Institutida turli xil vazirliklar va idoralardan: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy attestatsiya komissiyasidan, “Elektron xukumat” rivojlantirish markazidan, “O'zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasidan, O'zbekiston Davlat geologiya qo'mitasidan,”O'zkimyosanoat” Davlat aktsiyadorlik kompaniyasidan,  “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik kompaniyasidan, Sog`liqni saqlash vazirligidan , O'zbekiston matbuot va axborot agentligi va boshqa tashkilotlardan 237 kishi o'z malakasini oshirdi. Tinglovchilarning ko'pchilik qismini o'rta rahbar xodim va mutaxassislar, ya'ni bo'lim va departament boshliqlari tashkil etdi.

Tinglovchilar bilan ma'naviy–ma'rifiy ishlar olib borildi: O'zbekistonning taniqli madaniyat va san'at namoyandalari bilan uchrashuvlar o'tkazildi, muzey, teatr va boshqa madaniy  obyektlarga tashrif buyurildi.

 Institutdagi ta'lim yakunida tinglovchilarga davlat belgisili sertifikat topshirildi.