02.12.2019 190

Kitob – hamisha insoniyat uchun maʼnaviy boylik, qudrat timsoli boʻlib kelgan.
 
Shu yilning 30-noyabr kuni «Yoshlar tarbiyasida kitobxonlik madaniyati, tarix va qadriyatlarning oʻrni» mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Respublika “Olima ayollar” kengashi aʼzolari va “Nuroniy” jamgʻarmasi qoshidagi “Buvijonlar maktabi” uyushmasi raisi, Oʻzbekistonda xizmat qoʻrsatgan madaniyat xodimi M.Yu.Yunusxodjayeva, uyushma aʼzolaridan tibbiyot fanlari nomzodi R.N.Nazarova va L.Muxammetxanovalar – bugungi kunda farzandlarimizga chetdan singdirishga harakat qilinayotgan “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi mantiqsizlik, madaniyatsizlik va boshqa turli maʼnaviy xurujlardan faqatgina maʼnaviyatimizni mustahkamlabgina himoyalanishimiz mumkinligi va maʼnaviyatning tayanchi esa albatta bu kitob ekanligi uqtirdilar. Kitoblar biz uchun eng katta maʼnaviy meros, porloq kelajak sari eltuvchi yoʻlchi yulduzdir. Kitob oʻqishdan toʻxtagan odam fikrlashdan toʻxtaydi. Hech qanday internet, telefon yo televizor kitob oʻrnini bosa olmasligi, mutolaa etishdan toʻxtagan inson, yuksalishdan toʻxtaydi-deb, xayotiy va tarixiy tajribalardan misollar keltirib oʻtdilar.

Uchrashuv jarayonida ishtirokchilar bilan jonli muloqot olib borildi. 

Uchrashuvda JIDU professor-oʻqituvchilari, murabbiylar, XM, XH fakulteti talabalari ishtirok etdilar.