26.05.2016    14:53    18168

2016 yil 25 may kuni murabbiylik soatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “ Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” asari asosida o'tkazilgan taqdimotlar tanlovining yakuniy bosqichi o'tkazildi. Bunda har bir fakultetdan aprel va may oyining boshida o'tkazilgan birinchi va ikkinchi bosqichlarda g’olib deb topilgan talabalar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi. Tanlovda talabalarning ijodiy chiqishlarini baholash uchun kafedra mudirlaridan tashkil topgan hayyat a'zolari tuzildi. Xayyat azolariga “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professori R.F.Raxmonov raislik qildi.

Talabalar o'z chiqishlarida mazkur asarning mazmun-mohiyatini, unga tahliliy yondashuv, mustaqil fikrlash, o'ziga xos ijodkorlik xususiyatlarini namoyi etdi. Jumladan, “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti 4 bosqich talabasi Nurillo Abdunabiev asarda yoritilib o'tilgan O'zbekistonning iqtisodiy istiqbollariga e'tibor qaratdi.

Mavzu bo'yicha taqdimot namoyish etdi. Bunda notiq mamlakatmizning rivojlanib borishida oila instituti, iqtisodiy islohotlarning modellarini tilga oldi va asarda ko'rsatilib o'tilgan mohiyatiga batafsil to'htalib o'tdi. Universitetning “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2 bosqich talabasi A.Fozilov kitobda o'z aksini topgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ularning qiyosiy tahliliga urg’u berdi. Ko'plab isbot va dallilar keltirdi.

Mazkur tanlovning rasmiy yakunida ishtirokchilar tomonidan namoyish etgan ma'ruzalar baholandi. G’oliblar aniqlandi, ularning chiqishlari nominatsiyalar orqali taqdirlandi. Jyurilarning baholashiga ko'ra birinchi o'rinni Xalqaro munosabatlar fakulteti 3 bosqich talabasi Xabibulla Axmadaliev, ikkinchi o'rinni – Xalqaro munosabatlar fakulteti 2 bosqich talabasi Akrom Fozilov, uchinchi  o'rinni – Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti 4 bosqich talabasi Nurullo Abdunabiev egalladi. Xalqaro huquq fakulteti 4 bosqich talabasi Oybek Xolmurodov – “Eng yaxshi notiq” deb topildi, Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti 4 bosqich talabasi Sayyod Ismatullaevga – “Eng yaxshi sharhlovchi”, Xalqaro iqtisodiy munosabatlar 2 bosqich talabasi Sherzod Xayitboevga - “Eng yaxshi taqdimot” nominatsiyalari berildi, “Eng zukko talaba” nominatsiyasida Xalqaro munosabatlar fakulteti 4 kurs talabasi Bobomurod Muxiddinov g’olib deb topildi.