04.11.2019 369

2019 yil 2-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi tomonidan master-klass tashkil etildi. "O'zbekistondagi iqtisodiy islohotlar: tahdidlar va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash choralari" mavzudagi master-klassni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Davlat ichki va tashqi qarzi” departamenti direktori Jasur Qarshibaev olib bordi.

Tadbirda “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedra mudiri L.M.Tashpulatova, dotsent R. A. Djuraeva, XIM va XM fakultetlari talabalari ishtirok etishdi. Ma'ruza davomida Jasur Qarshibaev O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning asosiy yo'nalishlari, tahdid va muammolar, shuningdek, hukumat tomonidan makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida so'zlab berdi. Ushbu mahorat darsi talabalarda katta qiziqish uyg'otdi va iqtisodiy islohotlar sohasidagi bilimlarini kengaytirishga imkon berdi.

Tadbir oxirida fikr almashildi, talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va master-klassni tashkilotchilarga o'z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Tadbirning mazmunli tomoni uqori baholandi.