01.11.2019 413

2019 yilning 30 oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talaba-yoshlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2019 yil 24 sentabridagi 87-02-23/3 sonli xati asosida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tashkil etilgan “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi bayon” va “Eng yaxshi surat”  nominatsiyalari tanlovining fakultetlararo 2-bosqichi yakunlandi.

Unda hakamlar Hayʼati aʼzolari, “Xalqaro ommaviy huquq va davlat huquqi fanlari” kafedrasi professori v.b. R.Xakimov,  “Yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyalash” boʻlimi boshligʻi B.Suyunov, “Xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani muovini S.Tilyaxodjayeva, “o’’zbek  va rus tillari” kafedrasi mudiri M.Abduraxmonova, “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti dekani muovini S.Inog’omovlar ishtirok etdilar

Hakamlar Hayʼati aʼzolari ijodiy ishlarni baholashda mavzuning dolzarbligi va mazmun-mohiyati toʻlaqonli ochib berilganligi, tahliliy yondashuv va mustaqil fikrlash, mavzuni yoritishda oʻziga xos ijodkorlik, hayotiy misollardan keng foydalanilganligi, mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning yechimlari yuzasidan berilgan takliflariga asosiy eʼtibor qaratdilar.  

Hakamlar Hayʼati aʼzolarining qaroriga koʻra “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 1-bosqich 3-4a-19-guruh talabalari Ilmiddinova Madina va Jumaniyazova Shaxzoda “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasi gʻolibi, yaʼni faxrli birinchi oʻringa sazovor boʻldilar.

“Eng yaxshi plakat” nominatsiyasi boʻyicha faxrli 2-oʻrin universitetning “Xalqaro munjsabatlar” fakulteti 1-bosqich 1-4a-19-guruh talabalari jamoasiga nasib etdi, Universitetning “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti 1-bosqich 0-5a-19-guruh jamoasi “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasi boʻyicha faxrli 3-oʻringa loyiq deb topildi.

Eslatib oʻtamiz, tanlovlning 2-bosqich 1- va  2-oʻrin sohiblari va ularga tegishli hujjatlari oliy taʼlim muassasalariaro oʻtkaziladigan  3-bosqichda ishtirok etish uchun vazirlikning Tashkiliy qoʻmitasiga yoʻllanadi.

JIDU jamoasi “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida oʻtkazilgan “Eng yaxshi plakat” va  nominatsiyasi tanlovining gʻoliblari hamda barcha ishtirokchilarini samimiy qutlaydi.