11.05.2016    10:18    16470

2016 yil 11 may kuni murabbiylik soatida barcha fakultet akademik guruhlarida “Bizga tinchlik kerak, omonlik kerak” shiori ostida “Tinchlik – eng aziz ne'mat” nomli videofilm namoyish etildi. Mazkur videofilm yurtimizda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, turli konfessiyalar va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratildi. Shu bilan birgalikda talaba-yoshlarni tinchlik yo'lida hushyor va ziyrak bo'lishga, faravon turmushimizni asrab-avaylash uchun namunali odob-axloqimiz, yaxshi o'qish va mehnat qilishimiz orqali munosib hissamizni qo'shishimiz kerakligiga da'vat etdi.

Mavzu doirasida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professori R.Farmonov so'zga chiqdi va dunyoda bo'lib o'tayotgan xavotirli voqealarga, diniy ekstremizm va terrorizmning avj olgani, bundan Yevropa mamlakatlari jabr ko'rayotganiga batafsil to'xtalib o'tdi. Bunday murakkab dunyoviy barham berish uchun O'zbekiston o'zining taraqqiyot va istiqlol yo'lidan hech ikkilanmasdan borishi, davlatimiz tinchligi va osoyishtaligini kelajak avlodga qoldirishi uchun barcha kuch va g’ayratini safarbar qilayotganini ta'kidlab o'tdi. Murabbiylar kengashi raisi A.Usmanova namoyish etilgan videofilmdan har birimiz kerakli bo'lgan xulosalarni chiqarishimiz muhimligiga, mustaqilligimizni va tinchligimizni asrash uchun barchamiz mas'ul ekanligimizga e'tibor qaratdi. Videofilmning mohiyati to'g’risida talabalar o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi.