O`zbek tilida In English На русском


Kadrlar bo`limi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Kadrlar bo'limi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 23 sentabrdagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tashkil qilish to`g`risida”gi PF-474-sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 24 oktabrdagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 491-sonli qarori asosida tashkil etilgan universitet tashkiliy bo'linmalaridan biri hisoblanadi. Kadrlar bo`limining maqsadi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko'zlangan maqsadlarga erishish va uni hayotga samarali tadbiq qilishdan iborat.

Kadrlar bo`limining asosiy vazifalari:

  1. Universitet fakultetlari, kafedralari va boshqa tashkiliy tuzilmalari bilan birgalikda universitetga kerakli mutaxassislik va malakaga ega bo'lgan, zamon talablariga javob bera oladigan professor-o'qituvchilar va xodimlar bilan ta'minlashni tashkil etish;
  2. Professor-o'qituvchilar va xodimlarni ishga olish, ishdan bo'shatish, lavozimini o'zgartirish, ularni universitet bo'linmalariga to`g`ri taqsimlash, rag`batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo'llash masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalar tayyorlash;
  3. Universitetning tashkiliy tuzilmasi, me`yoriy hujjatlar qabul qilish, o'quv, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishlardagi universitet faoliyatini takomillashtirish, kadrlar tayyorlash bilan bog`liq masalalar yuzasidan takliflar tayyorlash;
  4. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Kadrlar va o'quv yurtlari boshqarmasi bilan hamkorlikda vazirlik va universitet o'rtasidagi tezkor uzviylikni ta'minlash;
  5. Professor-o'qituvchilar, xodimlar va talabalarning mehnat intizomini, universitet ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa me'yoriy hujjatlar qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish;
  6. Kadrlar masalasi bo'yicha boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini olib borish

F.I.Sh

Lavozimi

1.

Rasulov Jurabek Abdusamievich

Bo'lim boshlig`i

2.

Normetova Dilfuza Tilyaberganovna

Katta inspektor

3.

Shamuratova Kamola Reymbaevna

Inspektor


« Ortga qaytish


JIDU e`lonlar
  1. Talabalar hayoti
  2. Bo`sh ish o`rinlari
  3. Hamma e`lonlar