Ichki nazorat va monitoring bo`limi O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining 2001-yilning 29-avgustidagi 207-sonli buyrug`iga asosan tashkil etilgan bo`lib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) markaziy apparatining tuzilmasiga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Tashqi ishlar vazirligi va OO‘MTV, JIDU rektori buyruqlarining ijrosi monitoringi Ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan muntazam ravishda olib boriladi, Rektorning tezkor majlislarida muhokama qilinadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi va tegishli xulosalar rektorga taqdim etib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari ijrosi bo‘yicha 1 va 2-jadval hisobotlari o‘rnatilgan tartibda tayyorlanib, belgilangan muddatlarda (har oyning 5-sanasiga qadar) Tashqi ishlar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklariga taqdim etib boriladi. Doimiy hisobot shakllari o‘z vaqtida va sifatli tayyorlanib, imzoga taqdim etiladi, bu sohada rahbar xodimlarning shaxsiy javobgarligi belgilangan.

Devonxona hamda Ichki nazorat va monitoring bo‘limida hujjatlar bilan ishlash va nazorat qilishning elektron dasturi o‘rnatilgan. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirliklarining devonxonalari bilan muntazam ravishda aloqa o‘rnatilgan. Kelib tushgan nazoratdagi hujjatlar uchun maxsus kartochkalar mavjud.

Hujjat yuzasidan o‘z vaqtida ijro ta’minlamaslik holatlari haqida rahbariyatga ma’lumot beriladi. Bu jarayonda topshiriqlar ijrosini ta’minlashda barcha bo‘linmalarga o‘rnatilgan elektron nazorat tizimi alohida o‘rin tutadi. Shuningdek, tarkibiy bo‘linmalarda hujjatlar ijrosi yuzasidan tegishli prorektorlar hamda Ichki nazorat va monitoring bo‘limi xodimlari tomonidan ijro intizomiga amal qilinishini maqsadli o‘rganish amaliyoti joriy qilingan. Ijro intizomi haqidagi masala muntazam ravishda kafedra majlislari, fakultet hamda institut Ilmiy kengashlari majlislarida atroflicha muhokama qilinib boriladi.

Yangilangan sana: 11.08.2017