JIDU Fan va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limining bosh vazifasi - oliy o‘quv yurtidan keyingi professional ta’lim tizimida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash.

Bo‘lim:

  • ilmiy xodimlar ixtisosliklari nomenklaturasi asnosida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil-izlanuvchilarni tayyorlash jarayonini tashkillashtiradi;
  • Universitet katta ilmiy xodim-izlanuvchilik va mustaqil-izlanuvchilik institutiga (doktorantura) talabgorlardan zarur hujjatlarni qabul qiladi va o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi, hamda ko‘rib chiqish uchun Universitet rahbariyatiga taqdim etadi;
  • izlanuvchilarni qabul qilish rejalarini, kirish imtihonlari, tashkil etiladi va bajarilishini nazorat qiladi;
  • qabul va imtihon komissiyalari a’zolari, hamda izlanuvchilarga imtihon o‘tkazilish vaqti va joyi yuzasidan xabar beradi;
  • qabul va imtihon komissiyalarining faoliyatini ta’minlaydi;
  • Universitet izlanuvchilarini ularning huquq va majburiyatlari, dissertatsiya ishlari bo‘yicha majud amaldagi qonun-qoidalari va tartiboti bilan tanishtiradi va zarur konsultatsiyalar o‘tkazadi.

Universitetda katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil-izlanuvchilarni tayyorlash quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • 07.00.08 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi;
  • 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti;
  • 12.00.10 – Xalqaro huquq.