O`zbek tilida In English На русском


Marketing bo`limi

Universitetning Marketing bo’limi bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash muammolarini hal qilish va yangi ish o’rinlarini izlashda innovatsion modellar asosida yordam berishga qaratilgan. Bitiruvchilar bandligini ta’minlashishga ko’maklashishga qaratilgan ishlarni soha mutaxassislarini tayyorlasb beruvchi barcha Universitetning ichli tuzilmalari tomonidan amalga oshirish ko’zda tutilgan.

Mehnat bozorining monitoringini olib borish va bitiruvchilar kasbiy imkoniyatlarini aniqlash bilan bog’liq iashlar rektorat, fakultet dekanatlari, mutaxassis kadrlani tayyorlovchi kafedralar va bitiruvchilar tomonisdan tashkil qilinadi.

Marketing bo'limi tomonidan mehnat bozorini o’rganish bilan bog’liq ishlar ikki yo'nalishda olib boriladi:

  • Uzoq muddatga mo’ljallangan taqbirlar – yaqin istiqbolda mutaxassis kadrlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash. Bu ko’rinishdagi ishlar tegishli sohalarning rivojlanish istiqbollari, boshqaruv tarkibining yoshi, ularning nafaqaga chiqish istiqbollari, yangi korxonalarni tashkil etish imkoniyatlari kabilarni o’z ichiga qamrab oladi.
  • Qisqa muddatli - joriy yilda mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashdan iborat.

        Bunday ishni tizimli tashkil qilishning muhim shartlaridan biri bosma nashrlar va oynai jahon ko’rsatuvlari orqali doimiy ravishda reklama kompaniyalarini tashkil qilish bilan bir qatorda, Universitet fakultetlari va mutaxassis kadrlarni tayyorlab beruvchi kafedralar o’rtasida bitiruvchilarni bandligini ta'minlansh sohasida tajriba almashishdan iboratdir.

Ta'lim jarayonida bitiruvchilarni professional darajasini oshirish usullari alohida ahamiyatga ega:

 -Bitiruvchilarning yangi ish sharoitlariga moslashuvini oshirishga qaratilgan fakultativ kurslarni o’quv dasturlariga kiritish;

  • Ishga qabul qilish istagini bildirgan tashkilotlar topshiriqlariga oid malakaviy-bitiruv ishlari va kurs ishi loyihalarini talabalar tomonidan bajarib borish;
  • Buyurtmachi talablarini inobatga olgan holda maqsadli kontrakt tayyorlovi asosida kadrlarni yetkazish tizimini yo’lg qo’yish.

So’ngi yillarda universitetda “Bitiruvchilar yarmarkasi” o’tkazib kelinmoqda. Kelgusida bitiruvchilarning eng yaxshi malakaviy-bitiruv ishlari va bitiruvchilar ma’lumotnomalari to’plamini havola etish rejalashtirilgan. Bunday uchrashuvlarning yakuni bo’yicha mutaxassis kadrlar va malakaviy-bitiruv ishlarini tayyorlash sifatini oshirish usullariga qaratilgan davra suhbatlari o’tkazish belgilab olingan.

Amaliyotlar hamda talabalar bandligini tashkil etish yuzasidan tizimli ravishda ishni tashkil qilish o’z navbatida tegishli ixtisosliklarga bo’lgan zamonaviy malakaviy talablarni inobatga olish va o’quv dasturlariga tegishli o’zgartishlarni kiritish imkonini beradi. Bu esa mutaxassislar tayyorlash sifatiga tog’ridan to’g’ri ta’sir ko’rsatadi. Shu tariqa, oliy o’quv yurtining iste’molchilar bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini olib borishi zamonaviy mehnat sharoitalariga moslashgan mutaxassislarni tayyorlash imkonini yaratadi.

JIDU marketing bo’limi xodimlari:

  1. Bo’lim boshlig’i - Teshabekova Gulnoza Akbarbekovna
  2. Inspektor - Amanova Durdona Talatovna

« Ortga qaytish


JIDU e`lonlar
  1. Talabalar hayoti
  2. Bo`sh ish o`rinlari
  3. Hamma e`lonlar