Kafedra faoliyatining asosiy yonalishlari

JIDU “Jahon siyosati”, “Xalqaro huquq”, “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” 1 va 2-kurs bakalavriat    ta’lim yo
‘nalishlarida tahsil olayotgan o‘zbek tili – ona tili bo‘lgan talabalarni ilg‘or xorijiy universitetlarning tajribalariga asoslangan holda rus tiliga mukammal o‘rgatish rusiyzabon talabalarda davlat tili - o‘zbek tilida erkin muloqot, og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirish bilan bir qatorda nutq madaniyati va notiqlik san’ati bo‘yicha bilim berish ko‘zda tutilgan.

Davlat tili maqomiga ega bo‘lgan o‘zbek tilini  va xalqaro til bo‘lgan rus tilini o‘qitishda bugungi davr talablariga to‘liq  javob beradigan darajada tilni har tomonlama mukammal egallagan, og‘zaki va yozma nutqiy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni yetkazish  muhim vazifadir.

Til  o‘qitishning asosiy maqsadi talabalarning o‘zbek va rus tillaridan egallagan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va yanada kengaytirish, tanlagan ixtisosliklari doirasida davlat tili va rus tilida erkin muloqot qila olish, fikrni mantiqiy bayon eta olish, nutqlarini kasbiy atamalar bilan boyitish, yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta’minlash, davlat tilidan boshqa tillarga va aksincha, o‘zbek va rus tillariga  tarjima qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish, rasmiy va ilmiy uslubda ma’lumot tayyorlay olish kabi bilimlarni shakllantirishga erishishdir. Ushbu maqsadda o‘qituvchi va talaba oldiga qator vazifalar qo‘yiladi:  ixtisoslikka oid turli nutq uslublarida matn tuza olish, uni o‘zgartira bilish malakalarini shakllantirish, rasmiy uslubda aniq, to‘g‘ri hujjatlashtirish kabi ko‘nikmalarni egallash, ixtisoslik doirasida og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, turlicha tipdagi matnlarni erkin tuza olish hamda tarjima qilish  malakalarini shakllantirish .

O‘qitish metodikasi

  • Til o‘qitishda variativ tizimdan foydalanish; Tilga o‘rgatishning boshlang‘ich va o‘rta pog‘onasida differensial (tilni o‘zlashtirish darajasini inobatga olgan holda) o‘qitish;
  • Til o‘qitish jarayonida an’anaviy uslubiyatga asoslangan holda yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni qo‘llash;
  • Jahon tilshunosligi va uslubiyati bo‘yicha dunyoda erishilgan ilmiy va uslubiy tadqiqotlar natijalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etib borish;
  • Tilga o‘qitishda lingvomadaniyat xususiyatlariga asoslanish hamda talabalarning ona tili va mentalitetining xususiyatlarini inobatga olish; 
  • Til ta’limi jarayonini tashkil etishda kasbiy til ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida maxsus tashqi ishlar sohasida faoliyat yuritish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan talabalar uchun yaratilgan o‘quv uslubiy majmualar, multimedia materiallari, elektron darslik va kompyuter dasturlarini faol qo‘llash.
  • Tizimli tahlil metodlari asosida o‘quv materialini o‘zlashtirish va tahlil qilish ko‘nikmalarini hosil qilishning samarali usullaridan foydalangan holda ilmiy mushohadaga o‘rgatish.

Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik faoliyat:

  • O‘zbek va rus tillarini ikkinchi va chet tili sifatida o‘rgatish uslubiyati yangi tamoyil va yondashuvlar asosida boyitib boriladi.
  • O‘quv va axborot materiallaridan (o‘quv-uslubiy majmualar, multimedia materiallari, mustaqil ta’lim uchun electron darslik, lingvistik trenajerlar va kompyuter dasturlarini va h.z) tarkib topgan elektron resurs bazasi yaratilgan;
  • O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan chet ellik mutaxassislar uchun til o‘rgatish intensiv kutrslari ishlab chiqilgan va bu sohada katta tajriba to‘plangan;

Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar tomonidan nashr qilingan darslik va o‘quv qo‘llanmalari  :

  • M. Abduraxmanova. O‘zbek  tili (leksika va uslubiyat), JIDU, Т.:  2010.
  • M. Abduraxmanova. Faol so`zlar lug‘ati. JIDU, 2010 .
  • S. Otamirzayeva, M. Yusupova , “O‘zbek tili” JIDU, Т. : 2003.
  • Sh. Kuchimov. O‘zbek qonunchilik texnikasi asoslari, 1996.
  • A. Saidov, Sh. Kuchimov. Qonunchili texnikasi asoslari. Iqtisod va huquq, 2001. 
  • A. Aripova. Notiqlik va uning lisoniy-uslubiy vositalari. JIDU, 2005
  • Sh. Kuchimov, Diplomatik til asoslari, JIDU, 2002
  • Sh. Normatova Jahon adabiyoti. Majmua T., JIDU, 2006.
  • M.Abduraxmanova va G.Abbosova   Nutq o‘stirish bo‘yicha qo‘llanma  Т., JIDU,   2010
  • M.Abduraxmanova. O’zbek tili fanidan O’OM. Т, 2012., 2016
  • Sh. Normatova. O’zbek tili fanidan ta’lim texnologiyasi. Т., 2012, 2016
  • A. Aripova Notiqlik san’ati , O’OM ,JIDU, 2014
  • Normatova, Abdurahmnova  “O‘zbek tili” Т., JIDU, 2015
  • M.Abduraxmanova, A. Aripova “O‘zbek tili” (koreyslar uchun, yaponlar uchun, xitoylar uchun) 2010, 2016.
  • A.Abdullayeva «Русский язык»  O’OM ,JIDU, 2010.
  • A.Abdullayeva., N.E.Sharipova «Учимся говорить по-русски» (elektron darslik)  Т.- 2010.
  • A.Abdullayeva “Учебное пособие по развитию речи русском языке (для студентов образовательных направлений «международные отношения»,  «международное право»”. Т., JIDU, 2010.
  • G.M.Raxmatullayeva «Учебное пособие по русскому языку для студентов направления «Мировая экономика и международные экономические отношения» T., JIDU, 2010.
  • N.E.Sharipova «Русский язык для будущих юристов» Т., JIDU, 2013.
  • N.G.Bukreeva “Богатство лексики русского языка”Т.,2016  va boshqalar.

Kafedraning o‘z faoliyati mobaynida horijiy hamda mahalliy ilmiy jurnallarda, ilmiy-nazariy anjumanlarda yuzlab maqolalar va tezislar bilan ishtirok etib kelmoqda. Kafedraning O’zR FA Til va adabiyot instituti, KOICA (Janubiy Koreya), JICA (Yaponiya), Vaseda (Yaponiya), O’zbekistondagi OTMlar bilan ilmiy-amaliy aloqalari mavjud. 

Yangilangan sana: 09.08.2017