O`zbek tilida In English На русском


Jismoniy tarbiya va sport

“Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi 1993 yilda tashkil etilgan. Kafedrada jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari olib boriladi. Hozirgi kunda kafedraga sport ustasi Shavrova Svetlana Aleksandrovna rahbarlik qilmoqda.

Kafedra qoshida mini-futbol, voleybol, basketbol, tennis, stol tennisi, gandbol, shaxmat, shashka to‘garaklari ishlab turibdi.

“Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi o‘z faoliyatida talabalarda yuqori ma'naviy va jismoniy sifatlarni tarbiyalash, talabalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy shug‘ullanish zarurligiga ishonch ruhini tarbiyalashga alohida e'tibor qaratadi.

Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlar 1 va 2 kurs talabalari bilan o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi talabalarda har tomonlama jismoniy yetuklikni shakllantirish, turli sport turlari bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish va sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarning qoidalari bilan tanishtirishdan iborat. Bundan tashqari kafedrada “Favqulodda vaziyatlar va fuqarolar muhofazasi” fanidan talabalarga nazariy bilimlar beriladi.


« Ortga qaytish


JIDU e`lonlar
  1. Talabalar hayoti
  2. Bo`sh ish o`rinlari
  3. Hamma e`lonlar