“Xalqaro xususiy va fuqarolik huquqi” kafedrasi “Jahon bozorining huquqiy asoslari” kafedrasi asosida 1995 yilda tashkil etilgan. Kafedra 2015 yil 1 oktyabrga qadar “Fuqarolik huquqi” nomi bilan faoliyat yuritgan. Kafedra ixtisoslashgan o‘quv fanlari eng avvalo, bozor munosabatlarini, jumladan chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatlarni huquqiy tartibga solish  bilan bog‘liq. Bugungi kunda xalqaro iqtisodiy aloqalar sohasida vujudga keladigan mulkiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish bilan bog‘liq o‘quv fanlarining keng doirasida va dolzarb mavzularda o‘qitish amalga oshirilmoqda va ilmiy ishlar olib borilmoqda. 
Xususan, kafedra quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyatini amalga oshiradi:

  • mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlar;
  • mulk huquqi va uni amalga oshirish, shuningdek shartnoma tuzish erkinligi;
  • fuqarolik huquqlarini to‘sqinliklarsiz amalga oshirish, buzilgan huquqlarni tiklashni ta'minlash va ularni sudda himoya qilish;
  • mantiqiy fikrlashni shakllantirish, fuqarolik-huquqiy normalarni keyinchalik takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni bera olish ko‘nikmalarni ishlab chiqish;
  • xo‘jalik (tadbirkorlik) huquqiy munosabatlarning mohiyatini ochib berish, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni tashkil etish va tugatish bo‘yicha bilimlarni hosil qilish;
  • tadbirkorlik faoliyatining asosiy turlari, xo‘jalik nizolarini hal qilishning huquqiy asoslari  haqida bilimlarni hosil qilish;
  • hozirgi zamon biznesining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda shartnomaviy munosabatlar sohasi;
  • xo‘jalik shartnomalarini tuzish va ijro etish bilan bog‘liq qonunchilik va amaliyoti;
  • fuqarolik protsessual munosabatlar;
  • fuqarolik ishlarini sudlovga va sudga ta'luqliligi;
  • fuqarolik sud ishlarini yuritishda javobgarlik;
  • ishni sudda ko‘rishga tayyorlash;
  • xo‘jalik nizolarini hal etishni huquqiy tartibga solish;
  • xo‘jalik sudlarida ishtirok etish bilan bog‘liq protsessual hujjatlarni tuzish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
  • xalqaro xususiy huquq tushunchasi, predmeti va manbalarini, chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatlarni kollizion va moddiy-huquqiy usullar bilan tartibga solinishini, eng yaxshi qulaylik tug‘dirish to‘g‘risidagi tartib va milliy tartibi; 
  • xalqaro xususiy huquqda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqiy holati, davlat immuniteti va uning turlari;
  • xalqaro xususiy huquqiy normalarni tahlil qilish; xususiy munosabatlarda chet el elementi ishtirok etish darajasini belgilash, shunday munosabatlarga nisbatan qaysi mamlakat huquqi qo‘llanishi lozimligini aniqlash malakalarini hosil qilish.

Bugungi kunda kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi: Fuqarolik huquqi, Xalqaro xususiy huquq, Fuqarolik protsessual huquq, Xo‘jalik (Tadbirkorlik) huquqi, Xo‘jalik protsessi, Mualliflik huquqi, Bank huquqi, Rim huquqi, Oila huquqi, Mehnat huquqi, Sug‘urta huquqi, Informatsion texnologiyalar huquqi, Xalqaro transport huquqi.