YUNЕSKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi 1995- yil tashkil topgan “Xalqaro huquq va qiyosiy qonunchilik” kafedrasi hamda JIDUning YUNЕSKO tashkiloti bilan 1998- yil -6 -noyabrdagi shartnomasi asosida tashkil etilgan YUNЕSKOning “Inson huquqlari, Tinchlik, Demokratiya, Bag‘rikenglik va Xalqaro muloqot” kafedrasining 2007- yil qo‘shilishi natijasida tashkil etilgan.

Kafedraning asosiy vazifasi xalqaro-huquqiy fanlar, inson huquqlari, qiyosiy huquqshunoslik, Yevropa huquqi yo‘nalishlarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish, talabalarda xalqaro-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlarini to‘g‘ri anglashi, ularning normalarini huquqni qo‘llash amaliyotiga joriy etishi, mamlakatimizda va jahonda bo‘layotgan voqea va hodisalarni huquqiy tahlil qilishi, xalqaro-huquqiy hujjatlar bilan ishlashi borasida zarur bo‘ladigan bilim va malakalar bilan shakllantirishdan iborat.

Kafedrada professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va tadqiqotchilar xalqaro huquqiy, inson huquqlari, qiyosiy huquqshunoslik, kabi yo‘nalishlarda o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqotchilik hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyat bilan shug‘ullanishadi. 12.00.10-xalqaro huquq ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiyaviy tadqiqotlar olib boriladi.

Kafedrada quyidagi yo‘nalishlarda o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi:

Bakalavriat bosqichida:

  • Xalqaro ommaviy huquq;
  • Diplomatik va konsullik huquqi;
  • Xalqaro gumanitar huquq;
  • Xalqaro iqtisodiy (savdo) huquqi;
  • Inson huquqlari;
  • Ilmiy tadqiqot metodi asoslari;
  • Qiyosiy huquqshunoslik;
  • Musulmon huquqi;
  • Yevropa Ittifoqi huquqi.

Magistratura bosqichida:

  • Xalqaro huquqning dolzarb muammolari;
  • Inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquq;
  • Xalqaro tashkilotlar huquqi;
  • Xalqaro xavfsizlik huquqi;
  • Xalqaro shartnomalar huquqi;
  • Diplomatik huquq;
  • Konsullik huquqi;
  • Yevropa huquqi;

va boshqalar.

Yangilangan sana: 09.08.2017