Ingliz tilli kafedrasi 1992-yilda tashkil topgan. Hozirgi paytda kafedrada 30 ga yaqin yuqori malakali o‘o‘qituvchilar faoliyat olib borishmoqda va ular orasida bitta professor, 3 nafar dotsent, 8 nafar katta o‘o‘qituvchilar va 20 nafar o‘o‘qituvchilar mavjud.

Kafedraning rivojlanish strategiyasi - ingliz tilini professional tarzda o‘o‘qitish tizimini o‘yo‘lga o‘qo‘yish uchun ilmiy-pedagogik metodlarni uzluksiz takomillashtirishdan iborat.

Ingliz tili kafedrasining rivojlanish konsepsiyasi – yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi ta’lim, o‘o‘quv-pedagogik, tashkiliy-uslubiy va tarbiyaviy vazifalarning samarali tarzda hal qilishni o‘ko‘zda tutadi.

Kafedraning rivojlanish tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • professional rivojlanishning uzluksizligi;
  • ta’limning innovatsion usullarining o‘qo‘llanilishi;
  • korporativlik;
  • talabalarda chet tillarini o‘o‘rganishga o‘bo‘lgan qiziqishni shakllantirish, chet tillardagi nutqiy mahoratini mustaqil ravishda takomillashtirish qobiliyatini rivojlantirish  hamda chet tillarini mustaqil ravishda media va internet resurslari yordamida o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratib berish.

Ingliz tili kafedrasi jahon iqtisodiyoti, yurisprudensiya va xalqaro munosabatlar sohasida chet tilini bemalol tushuna oladigan va o‘o‘z fikrlarini chet tilida bayon qila oladigan mutaxassislarni har tomonlama tayyorlash maqsadida amaliy va ta’lim vazifalarini kompleks tarzda amalga oshirilishini ta’minlaydi. Kompleks dasturdagi maqsadlar tizimi universitetdagi innovatsion ta’limni rivojlantirishning asosiy konseptual qismlaridan kelib chiqqan holda tuzilgan.

Chet tillar o‘bo‘yicha tayyorlash markazida ishlab chiqilgan chet tillarini o‘o‘qitish konsepsiyasiga muvofiq, ingliz tili kafedrasi quyidagi yagona uslubiy o‘yo‘nalishda faoliyat olib boradi: “Ta’lim berishning faol uslublari asosida talabalarning kommunikativ faoliyatini rivojlantirish”.         

Ingliz tilini o‘o‘rganishdan maqsad - o‘o‘z mutaxassisligi o‘bo‘yicha amaliy usullarni egallashdan iboratdir. Ingliz tilini o‘rganish kursi nafaqat tilni egallash, balki talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi. Bu ongli o‘qish bilan birga o‘rganayotgan tilni og’zaki nutq amaliyoti bilan nazariyasini egallash talabalarning nutq madaniyatini yuqori darajaga ko‘taradi. Ingliz tilini o‘rganish jarayonida amaliyot tarbiyaviy ishlar bilan  birga olib boriladi. O’quv matеriallari, ularning taxlili va mavzusi talabalarning mafkuraviy va axloqiy tarbiyasiga, ularning dunyoqarashining kеngayishiga, zamonaviy pedagogik va informatsion  o‘qitish usuli va uslublari, fikrlash irodasini va xotiralarini rivojlantirishga qaratilgan.

Bitiruvchining ijtimoiy va shaxsiy vakolatlarini rivojlantirish uchun umumiy talablar, fanlararo va ijtimoiy-gumanitar ta’lim tamoyili bilan belgilanadi, amalga oshirish gumanitar bilimlar yaxlitligini ta’minlaydi va uning o‘zaro bog’liqligi JIDU bitiruvchisini kelajak kasbiy faoliyati bilan.

Katta e’tibor ingliz tilining kasbiy kompetensiyasiga qaratilmoqda. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan tahliliy, yozish, taqdimot va boshqa ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun mo‘jallangan baholash usullarini kengaytirish, xalqaro tajriba va bilim orttirgan umumiy ilmiy talablarni aniqlash bo‘yicha uslubiy ishlar olib borilmoqda.

Xalqaro munosabatlar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar va xalqaro huquq  ixtisosligiga mos ravishda dastur  ishlab chiqilgan. Ushbu dasturga ko‘ra ingliz tili mashg’ulotlari faqat ingliz tilida zamonaviy ta’lim uslublari va ilg’or tehnologiyalar asosida olib boriladi. Ushbu dasturga muvofiq auditoriya mashg’ulotlari va talabalarning mustaqil tayyorlanishi, bitiruvchilarning kеyingi faoliyatida yangi davlatlararo  muzokaralarda tarjimonlik qilishlarida, xalqaro bitim va kеlishuvlarni tayyorlashda va tasdiqlashda diplomatik yozishmalarni amalga oshiradi. Dasturda I kursdan V kursgacha har bir darsda qanday mavzular o‘tilishi, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar berilgan. Amaliy mashg’ulotlar davomida ingliz tilining talaffuz normalari, grammatik qoidalari va leksik xususiyati puxta o‘rganiladi. Shu bilan birga, talabalarga matnni tinglab savollarga javob berish, matnni o‘qib uning mazmuniga oid savollarga javob berish, talabalarning yozma va og’zaki savodxonligiga asosiy etibor qaratiladi. O‘tiladigan mavzularning asosiy  qismi siyosatshunoslik, xalqaro munosbatlar va diplomatiyaga oid matnlardan iborat.  Talabalar badiiy adabiyotlar, gazeta va jurnallarni ingliz tilida muhokama qilib turadilar. Talabalar o‘zlashtirishi yozma va og’zaki suhbat, test savollariga javob berish va turli mavzularda referatlar yozilishi bilan nazorat qilinadi va baholanadi.

Kafedraning yana bir diqqatga sazovor bo‘lgan jihatlaridan biri bu iqtidorli talabalarga qaratilgan chuqur e'tiboridir. O‘qituvchilarning talabalar bilan doimiy ish borishlari natijasida talabalar har yili ingliz tili bo‘yicha respublika Olimpiadalarida faol ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘lishadi. Bulardan tashqari yana kafedrada “Shakespeare's Club”, “LIGHT Club”  “Reader's Club”, “Lingua Club” kabi turli hil klublar ham tashkil etilgan. Klub a'zolari, ya'ni talabalar o‘qituvchilar bilan birgalikda taniqli yozuvchilar va mashhur insonlar bilan doimiy ravishda uchrashuvlar uyushtirishadi, Shekspir asarlari bo‘yicha sahna ko‘rinishlarini namoyish qilishadi, ingliz tilida KVNlar tashkillashtirishadi va eng e'tiborlisi bu turli hil hujjatlar tarjimasi bilan faol shug’ullanishadi.

Kafedra o‘qituvchilari o‘z ilmiy salohiyatlarini yanada oshirish maqsadida Britaniya Kengashi va Ingliz tili O‘qituvchilar Uyushmasi tomonidan uyushtirilgan konferensiya va seminarlarda, Prezident Jamg‘armasining Iste'dod treninglarida doimiy ravishda faol qatnashib o‘z malakalarini oshirib boradilar.

O‘qituvchilar 40dan ortiq darsliklar, o‘quv materiallari, ikki tilli lug‘atlarning mualliflari. O‘qituvchilar bundan tashqari, har yili mamlakat va chet elda ham konferentsiyalar va ilmiy jurnallar to‘plamlarida o‘z maqolalari bilan ilmiy seminarlar va konferentsiyalarda ishtirok etmoqda.

Shu bilan birga kafedra, Jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Islom universiteti va xorijiy universitetlar Rossiya Tashqi ishlar vazirligi akademiyasi, MGIMO universiteti, Kiev xalqaro aloqalar universiteti, London Metropolitan universiteti, Buyuk Britaniyanins Vestminster  universiteti   kabi  ko‘p oliy o‘quv yurtlari  yurtlari bilan hamkorlik qiladi.

Yangilangan sana: 09.08.2017