O`zbek tilida In English На русском


YUNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari”

YUNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi 1995 yil tashkil topgan “Xalqaro huquq va qiyosiy qonunchilik” hamda YUNESKO tashkilotining universitetlararo hamkorlik - YUNITVIN dasturi doirasida 1998 yil YUNESKO va JIDU o‘rtasida 1998 yil 6 noyabrda imzolangan shartnoma asosida tashkil etilgan YUNESKOning “Inson huquqlari, Tinchlik, Demokratiya, Bag‘rikenglik va Xalqaro tushunish” kafedralarining 2007 yili qo‘shilishi natijasida Xalqaro huquq va inson huquqlaritashkil etilgan. 
Kafedraning asosiy vazifasi xalqaro huquqiy fanlar, inson huquqlari, qiyosiy huquqshunoslik, Yevropa huquqi yo‘nalishlarida bakalavriat va magistratura talabalariga fanlardan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish, xususan, talabalarda halqaro-huquqiy hujjatlar hamda ularni huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha, xalqaro munosabatlar tizimida u yoki bu masalalarni yechishda asoslangan dalillar keltirish borasidagi bilim va  ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. 
Xususan, kafedra quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyatini amalga oshiradi:

  • Xalqaro huquq asoslari, tizimi va tamoyillari;
  • Davlat hududi va aholi; 
  • Xalqaro shartnomalar; 
  • Davlatlar va xalqaro tashkilotlar;
  • Xalqaro huquqda javobgarlik; 
  • Inson huquqlari
  • Xalqaro gumanitar huquq; 
  • Inson huquqlari;
  • Musulmon  huquqi;  
  • Xalqaro jinoyat huquqi; 
  • Xalqaro xavfsizlik huquqi; 
  • Diplomatik va konsullik huquqi; 
  • Xalqaro tashkilotlar huquqi
  • Yevropa huquqi; 
  • Xalqaro jinoyat huquqi va h.k

Bugungi kunda kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi: Xalqaro ommaviy huquq, Diplomatik va konsullik huquqi, Inson huquqlari, Xalqaro gumanitar huquq, Xalqaro iqtisodiy va savdo huquqi, Ilmiy tadqiqot metodi asoslari, Hozirgi zamon huquqiy tizimlari, Musulmon huquqi,  Xalqaro huquqning dolzarb muammolari, Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq, Yevropa Ittifoqi huquqi, Xalqaro tashkilotlar huquqi,  Xalqaro xavfsizlik huquqi, Xalqaro shartnomalar huquqi, Diplomatik huquq, Konsullik huquqi,  Xalqaro jinoyat huquqi, Xalqaro atrof-muhit huquqi va boshqalar

 


« Ortga qaytish


JIDU e`lonlar
  1. Talabalar hayoti
  2. Bo`sh ish o`rinlari
  3. Hamma e`lonlar