JIDU qoshidagi (og’zaki) konferents-tarjimonlarni tayyorlash markazi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2008 yil 16 apreldagi 407-sonli “O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshida Tarjimonlarni tayyorlash markazini tashkil qilishni amalga oshirish tadbirlari to’g’risida” gi hamda shu asosda chiqarilgan JIDU rektorining 2009 yil 6 oktabrdagi 818-sonli “O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi o’rtasidagi loyiha miqyosida Tarjimonlarni tayyorlash markazini tashkil qilish to’g’risida ”gi qarorlari asosida tashkil qilingan.

JIDU qoshidagi Konferents-tarjimonlarni tayyorlash markazi milliy hamda umummilliy qadriyatlar bilan boyitilgan, zamon talablariga javob beradigan chuqur bilimlarni egallashga intilayotgan talabalarning kasbiy qobiliyatini rivojlantirish, yuqori sifatli ketma-ket hamda sinxron tarjima qilish ko’nikmalarini shakllantirish hamda yoshlarga madaniyatlararo muloqot asoslarini o’rgatish maqsadida tashkil qilingan. Ushbu markazni tashkil qilishda mustaqil O’zbekistonning siyosiy hamda iqtisodiy sohalardagi taraqqiyotining poydevori bo’lgan yangi kadrlarni tayyorlashda Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ahamiyati inobatga olingan.

Markaz faoliyatining asosiy maqsadlari quyidagilar:

  • qoshimcha ta'lim xizmatlarini ko'rsatish orqali O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv organları uchun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti  talabalari hamda mamlakatimizdagi boshqa oliy ta'lim muassasalari talabalaridan chet tillari tarjimonlarini tayyorlash;
  • davlat boshqaruv organlari,  muassasalar,  tashkilotlar hamda korxonalar mutaxassislarining malakasini oshirish, shuningdek ularga og'zaki tarjima qilishning barcha turları hamda madaniyatlararo muloqot asoslarini o’rgatish;
  • tarjimonlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga ixtisoslashgan chet el va xalqaro ta'lim muassasalari bilan aloqalar o’rnatish hamda Markaz professor-o'qituvchilar tarkibini xalqaro ta'lim muassasalarida tajriba almashishini va amaliyot o'tashini tashkillashtirish;
  • og'zaki tarjimonlarni tayyorlash bo'yicha ilmiy-metodologik ishlarni amalga oshirish, tarjimonlik nazariyasi hamda amaliyoti bo'yicha ilmiy-metodologik materiallarni ishlab chiqish;
  • davlat muassasalari, boshqa tashkilotlar hamda xalqaro fondlar mutaxassislari hamda respublikamiz va chet el  mamlakatlarining tajribali amaliyotchi - tarjimonlari bilan konferensiyalar, amaliy mashg'ulot darslari hamda davra suhbatlarini o'tkazish;

JIDU qoshidagi Konferents-tarjimonlarni tayyorlash markazida tarjimonlarni tayyorlash dasturi notiqlik san'atini o'rgatish, so'zlovchining nutqini tarjima qilish jarayonida tezkor yozish ko'nikmasini shakllantirish, nutqni transformatsiya qilish, soddalashtirish, sintaktik o'zgartirish, oldindan tahmin qilish, umumlashtirish usullarini qo'llash,  shuningdek sinxron tarjimonlar xonasidagi asbob-uskunalardan foydalanishni o'rgatish hamda boshqalarni o'z ichiga oladi.

JIDU qoshidagi Konferents-tarjimonlarni tayyorlash markaziga talabalarni tanlab olish Markazda ishlab chiqilgan maxsus test sinovlari asosida olib boriladi.

Email: tci@uwed.uz