Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetida tashkkil etilgan “Karyera markazi” JIDU talabalari, ayniqsa, bitiruvchilarini hozirda mavjud bo’lgan va mehnat bozori talab qilayotgan bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumotlar berib boradi. Hamda, ushbu bo’sh ish o’rinlari uchun talabalardan talab etilayotgan bilim, ko’nikma va malakalar bilan ularni xabardor qilib borishni asosiy vazifa qilib belgilaydi.

Ushbu xizmatda talabalar uchun kelgusida kasb tanlashda, suhbat jarayonida asqotadigan tavsiya va vaqt unumdorligini oshiruvchi maslahatlar havola etiladi. Bundan tashqari talabalar uchun o’zlarining ishga bo’lgan munosabatlari va ishga qanday yondashishlarini aniqlab beradigan testlar to’plami kiritiladi.

Karyera markazi mutaxassissidan hujjat to’ldirish va intervyuga tayyorlanish yuzasidan yordam olmoqchi bo’lsangiz, quyidagi pochtaga xabar yuboring: karyera@uwed.uz.

Yangilangan sana: 11.08.2017