O`zbek tilida In English На русском


2017 yil uchun mustaqil izlanuvchi institutiga qabul

2016-09-19 10:51:29

JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI 

2017 yil uchun mustaqil izlanuvchi institutiga quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha qabul e'lon qiladi:

07.00.08     XALQARO MUNOSABATLAR VA TASHQI SIYOSAT TARIXI

08.00.09    JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR

12.00.10     XALQARO HUQUQ

 

Hujjatlar 2016 yil 15 oktyabrdan 15 noyabrgacha qabul qilinadi. Talabgorlar mustaqil izlanuvchilikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ariza;

ish joyidan tavsifnoma;

ma'lumotnoma;

oliy ta'lim yoki fan nomzodi to'g'risidagi diplomning nusxasi;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash yuzasidan o'tkazilgan test sinovidan o'tganligini tasdiqlovchi OAK hujjatining nusxasi;

ilmiy ishlar ro'yxati.

 

Hujjatlarni quyidagi manzil bo'yicha topshirish mumkin: Toshkent shahar, Mustaqillik shoh ko'chasi-54. “Fan va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi. «A» bino, 1-qavat, 8-xona.

Murojaat uchun telefon 267-07-07.

 

(Ko`rildi: 2228)


« Ortga qaytish 


JIDU e`lonlar
  1. Talabalar hayoti
  2. Bo`sh ish o`rinlari
  3. Hamma e`lonlar