23.10.2017 / 12:47 / 2496

"Guitar Club " 2017-yilning yanvar oyida tashkil etilib, shu paytgacha o'z faoliyatini yuritib kelmoqda. Klubga gitara musiqa asbobiga qiziqqan va uning sir-asrorlarini o'rganishni xoxlagan barcha universitet talabalari qo'shilishi mumkin. O'zbekiston Yoshlar Ittifoqining JIDU dagi bo'limi hamkorligida shu yilning 14-oktabrida Guitar Club o'z faoliyatining 2-mavsumini ochiq deb e'lon qildi. Hozirda klub tarkibida 10 dan ziyod talabalar ro'yxatdan o'tishgan. Shuni ta'kidlash joizki, dars jarayonlari rus va ingliz tillarida olib boriladi. Klub doirasida a'zo talabalar bilan birgalikda ochiq darslar, master klasslar, musiqa asboblariga oid ko'rgazmalar va konsertlarga tashrif uyushtirish rejalashtirilgan.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun tel: +99890 739-18-70.

Klub koordinatori - Behzod Rahmatullayev.