01.11.2019 287

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshida tayyorlov o‘quv kurslari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kurslarimiz tinglovchilarga O‘zbekiston Oliy o‘quv yurtlariga kirishlari uchun shartnoma asosidagi samarali tayyorlanish imkoyatini taqdim qiladi.

JIDU qoshidagi tayyorlov kurslarida quyidagi fanlar bo‘yicha ta’lim olish taklif qilinadi:

  • matematika
  • o‘zbekiston tarixi
  • tarix (chuqurlashtirilgan kurs)
  • o‘zbek tili
  • ingliz tili
  • ingliz tili(chuqurlashtirilgan kurs)
  • rus tili

Tayyorlov kurslari dasturida, shuningdek, Universitetimizda taTim amalga oshiriladigan yo‘nalishlar faoliyati va ixtisosligi yuzasidan ham tanishtirish ko‘zda tutilgan.

Mashg‘ulotlar 2019-yil 1 noyabrda boshlanadi.

Tayyorlov kurslari 7 oy davom etadi, har bir fanning hajmi 144 soatni tashkil qiladi.

Telefonlar: (97) 768-28-25

e-mail: tkurs@uwed.uz

Zarur hujjatlar:

  • ariza;
  • passport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
  • 3x4sm hajmdagi 2 ta fotosurat.